MEʼMORIY MEROS OBYEKTLARIDA TURIZM SIGʻIMINI BAHOLASH: METODOLOGIYALAR, OMILLAR VA HISOB-KITOB FORMULALARINING QIYOSIY TAHLILI

##article.authors##

  • Muhriddin Qilichov

##article.subject##:

sigʻimni baholash, meʼmoriy meros, turizm sigʻimi

##article.abstract##

Ushbu maqolada meʼmoriy meros obyektlarida turizm sigʻimini baholash
metodologiyalari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot tizimli adabiyotlar sharhi usulida olib borildi.
1964-2025-yillar oraligʻida nashr etilgan 29 ta ilmiy manba tahlili natijasida oltita asosiy
metodologik yondashuv aniqlandi: Cifuentes uch bosqichli modeli (PCC-RCC-ECC), ShelbyHeberlein ijtimoiy sigʻim modeli, Maqbul oʻzgarishlar chegarasi (LAC), Coccossis kompleks
indikator tizimi, HBIM-sensor texnologiyalariga asoslangan raqamli monitoring hamda GISagentlik modellari. Har bir metodologiyaning formulalari, tuzatish koeffitsientlari va qoʻllanilish
doirasi batafsil yoritilgan. Natijalar shuni koʻrsatdiki, meʼmoriy meros obyektlari uchun mavjud
modellarning integratsiyalashgan qoʻllanilishi zarur boʻlib, yopiq fazolardagi CO₂
kontsentratsiyasi, konstruktiv yuklamaga bardoshlilik va madaniy qiymatni saqlash kabi oʻziga
xos omillar alohida inobatga olinishi lozim

Загрузки

##submissions.published##

2026-06-02