BUXORO VILOYATI MISOLIDA MEVA SABZAVOT MAHSULOTLARINING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA MARKETING MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
##article.subject##:
eksport marketingi, meva sabzavot mahsulotlari, eksport salohiyati##article.abstract##
Maqolada O‘zbekiston agrar eksportining istiqbolli yo‘nalishi bo‘lgan meva
sabzavot mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish masalasi marketing mexanizmlari
prizmasida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyati misolida eksport salohiyatini
belgilovchi bozor va infratuzilma omillarini aniqlash, eksport marketingi instrumentlari asosida
muammolarni diagnostika qilish hamda amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Metodologiyada
rasmiy statistika asosida dinamik va strukturaviy tahlil, bozor konsentratsiyasini baholash, qiymat
zanjiri yondashuvi hamda marketing miksi va raqamli marketing instrumentlari bo‘yicha ekspert
tahlil qo‘llandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda meva sabzavot eksporti 2024 yilda 2
mln tonna va 1,5 mlrd AQSh dollari atrofida shakllangan bo‘lib, 2025 yilda esa yanvar noyabr
davrida 2 022,2 ming tonna va 1 942,8 mln AQSh dollari darajasiga yetgan. Bu yuqori o‘sish
sharoitida eksport salohiyatining to‘liq ro‘yobga chiqishi logistika, standartlash, sovuqlik zanjiri,
mahsulotni qayta ishlash ulushi, brendlash va bozor diversifikatsiyasi bilan bevosita bog‘liq ekani
asoslandi. Muhokamada agro logistika markazlari, fitosanitariya infratuzilmasi, bozor axboroti
tizimi hamda eksportchi klasterlar uchun marketing boshqaruvi moduli taklif etiladi.
Загрузки
##submissions.published##
##issue.issue##
##section.section##
Лицензия
Copyright (c) 2026 "Iqtisodiyot va turizm" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnal

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.